O’ZBEKISTON VA ISPANIYA TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIGI YANADA KENGAYMOQDA

27.04.2023

Oʻzbekiston va Ispaniya oʻrtasida turli yo’nalishlarda hamkorliklarni amalga oshirish maqsadida 25-26-27-aprel kunlari Ispaniya davlati delegatsiyasi mamlakatimizda boʻlib turibdi.

Tashrif doirasida seminar va davra suhbatlari tashkillashtirish, amaliy shartnomalar tuzish koʻzda tutilgan.

Jumladan, 25-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Ispaniyaning Salamanka shahrida joylashgan Universidad Pontificia de Salamanca universiteti vakillari tashrif buyurib, oʻzaro ilmiy-tadqiqot, oʻquv-uslubiy ishlarni rivojlantirish hamda talaba va oʻqituvchilar mobilligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha memorandum imzolanishiga kelishib olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

одиннадцать − 1 =