O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA: XALQARO TA’LIM FORUMINI O‘TKAZISH MASALASI MUHOKAMA QILINMOQDA

11.12.2019

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlarida hamkor aloqalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yuqori darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda RF Prezidenti Xorijiy davlatlar bilan mintaqaviy va madaniy aloqalar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Anton Ribakov boshchiligidagi delegatsiya bilan ta’lim sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. 

Muzokaralarda O‘zR Prezidenti maslahatchisi A.Abduvaxitov boshchiligida davlat maslahatchisi o‘rinbosari O.Abduraxmanov, Oliy va o‘rta maxcus ta’lim vaziri I.Majidov, Maktabgacha ta’lim vaziri A.Shin, Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov, Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov, O‘zR FA prezidenti B.Yuldashev hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi A.Sa’dullayevlar ishtirok etdi.   

Muhokamalarda ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim sohasi olib borilayotgan hamkorlik aloqalarini yana mustahkamlash maqsadida 2020 yil fevral oyida Moskva shahrida Ikkinchi O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumini o‘tkazish konsepsiyasi muhokama qilindi. 

Mazkur yirik xalqaro ta’lim forumida O‘zbekiston va RF oliy va o‘rta maxsus ta’limini rivojlantirish mexanizmlari va ustuvor vazifalari, hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlashning muhim yo‘nalishlari, ilm-fan sohasida o‘zaro istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirildi. 

Shuningdek, 2020 yil fevral oyida O‘zbekiston va Rossiya yoshlarining navbatdagi Festivalini o‘tkazish, yurtimizda ochilishi rejalashtirilgan Rossiya universitetlari filiallari, qo‘shma fakultet va ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan birgalikda aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

пять − один =