O’ZBEKISTON VA YAPONIYA OLIY TA’LIM MUASSASALARI REKTORLARINING III KONFERENSIYASI O’Z ISHINI BOSHLADI

08.07.2019

Joriy yilning 7-9-iyul kunlari Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III konferensiyasi bo’lib o’tmoqda.

Bu anjumanda ishtirok etish uchun Yaponiya ta’lim, sport, fan va texnologiyalar vazirining o’rinbosari Hiroyuki Nakamura boshchiligidagi rektorlar delegatsiyasi a’zolari O’zbekistonga tashrif buyurdi.

Konferensiya, bugun, 8-iyul kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo’lib o’tmoqda. O’zbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III konferensiyasini tashkil qilishdan maqsad – ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o’rtasida kelgusidagi akademik va ilmiy hamkorlik, talabalar almashinuvi, professor-o’qituvchilar malakasini oshirish ishlarini kengaytirish va chuqurlashtirishdan iborat, shuningdek, hamkorlikdagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarini olib borish maqsadida Yaponiyaning yetakchi innovatsion markazlari, texnoparklari va universitetlari bilan aloqalarni jadallashtirish ham ko’zda tutilgan.

Bu konferensiyada 50ga yaqin ishtirokchilardan iborat Yaponiya delegatsiyasi tarkibida ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi vakillari, Nagoya, Miye, Sukuba, Aiti va Vakayama kabi taniqli universitetlar rektorlari, prorektorlari va fakultet dekanlari bor.

O’zbekiston tarafidan ushbu konferensiyada mamlakatimizning 37 OTMlari rektorlari ishtirok etmoqda. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, tadbirda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori G’anisher Raximov Xudoyqulovich rahbarligidagi vakillar ham qatnashmoqda. Konferensiya ishidan O’zDJTU rektorining taqdimoti ham o’rin olgan.

Tashrif chog’ida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o’rtasida bir qator shartnomalar imzolanishi ko’zda tutilgan bo’lib, tashrif 9-iyulga qadar davom etadi. Quyida tadbirdan fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin:

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − fourteen =