O’ZBEKISTONLIK PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR FINLANDIYA VA SHVETSIYADA XALQARO MALAKA OSHIRISH KURSLARIDA ISHTIROK ETMOQDA

18.09.2023

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi hamda Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsulligi yordamida respublikamizdagi 10 ta pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalaridan 23 nafar professor-o‘qituvchilar Finlandiya va Shvetsiyada xalqaro malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.

Safar dasturiga koʻra, yetti kun Finlyandiyada, besh kun Shvetsiyada nufuzli oliy taʼlim muassasalarida taʼlim tizimi va maktablar faoliyatini oʻrganish, kelgusida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan.

Ushbu malaka oshirish kurslari Toshkentdagi Xalqaro Nordik universiteti, Finlandiyaning Helsinki, Jyväskylä, Kareliya va JAMK amaliy fanlar hamda pedagogika universitetlari va Shvetsiyaning Sodertorn universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five + 18 =