O‘ZBEKISTONLIK TALABALARNING YAPONIYADA TAHSIL OLISHLARI MASALASI MUHOKAMA ETILDI

24.07.2023

O‘zbekistonlik talabalarning Yaponiyada tahsil olishlari uchun ta’lim stipendiyalarining sonini ko‘paytirish masalasi muhokama etildi.

O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abduraxmonov Yaponiyaning «OHS Co., Ltd.» kompaniyasi prezidenti va Yoneyama Memorial stipendiyalar qo‘mitasi a’zosi Sanaye Ohashi xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Yaponiya bilan madaniy-gumanitar va ta’lim sohasidagi hamkorlikning joriy holati va mazkur sohadagi aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, o‘zbekistonlik talabalar uchun Yaponiya oliygohlarida ta’lim stipendiyalarining sonini ko‘paytirish hamda yapon tilini o‘qitish maqsadida yaponiyalik o‘qituvchilarni O‘zbekistonga yuborish masalasi ham kun tartibida ko‘tarildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 + fifteen =