O’ZDJTU O‘QITUVCHI VA TALABALARI HAMKORLIK DOIRASIDA FRANSIYAGA AMALIY TASHRIF BUYURISHDI

06.04.2023

O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Ro‘ziboyeva Nazira Qarshiboyevna xamda Fransiyaning Angulem shahridagi Sent Mart Shavan kompleks ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Janna Sharbonel bilan o‘zaro do‘stona yozishmalar bilan boshlangan aloqalar keyinchalik ikki bilim yurti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolanishiga sabab bo‘ldi.

Joriy yilning 17-28 mart kunlari ushbu shartnoma doirasida Nazira Ro‘ziboyeva ikki nafar o‘qituvchi hamrohligida Fransiyaning Angulem shahridagi Sent Mart-Shavan kompleks ta’lim muassasasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif asosan Sent Mart-Shavan litseyi (BTS) oliy ta’lim o‘qituvchilari bilan tanishuvdan va fikr almashishdan boshlandi. Tashrif davomida Sharant departamenti Angulem shahri tarixi, ma’daniyati, qadriyatlari, tarixiy obidalari to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.

Angulem ishlab chiqarish sanoati, iqtisodiyoti bilan tanishuv doirasida Qog‘oz fabrikasi va museyiga tashrif chog‘ida N.Ro‘ziboyeva mahalliy “Charente libre” gazetasiga intervyu berdi.

Shuningdek, Angulem RCF mahaalliy radiosiga talabalar T.Axmedov, M.Baysarovalar jonli efirda intervyu berishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari shahar meri X.Bonnefont bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Loyiha dasturiga asosan talabalar savdo-sotiq terminlari lug‘ati ustida ishlashdi va litsey o‘quvchilariga yurtimiz va universitetimiz haqida taqdimotlar qilishdi.

Tashrif chog’ida uch nafar o‘qituvchi va ikki nafar talabadan iborat ushbu delegatsiya “Frankophoniya” bayrami munosabati bilan Sent Mart-Shavan litseyi hamkorlik doirasidagi bir qator Vengriya, Ruminiya, Latvya, Moldaviya, Serbiya, Ukraina, Gruziya davlatlari ta‘lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talabalari shuningdek, litsey o‘quvchilari ishtirokidagi masofaviy anjumanda ishtirok etdi.

Tashrif nihoyasida SMS litseyi direktori V.Despor bilan ta’lim muassasalar o‘rtasida o‘zaro talabalar almashinuvi ya’ni universitetning Roman-german filologiyasi fakulteti fransuz tili yo‘nalishi 4 bosqich talabalarining kuzgi pedagogik amaliyotini Sent Mart-Shavan litseyida o‘tashi to‘g‘risida shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘lindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 + five =