O’ZDJTU TALABASI HINDISTONDA «ENG YAXSHI IJTIMOIY LOYIHA» MUKOFOTI SOVRINDORI BO’LDI

27.01.2023

Joriy yilning 20-25 yanvar kunlari Hindistonning Dehli shahrida “O‘zbekiston-Hindiston: yangi madaniy aloqalar” xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Hindistonning ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, investisiya siyosati, turizm va boshqa sohalardagi ilg‘or tajribasini o‘rganish, har bir ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan loyiha va ijodiy ishlarni e’tirof etishdan iborat edi.

Tadbirda O’zDJTU talabasi Ogulnur Atayeva tomonidan taqdim qilingan “Qizlar klubi” loyihasi Osiyo davlatlari ichida “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” deb topildi hamda nufuzli xalqaro mukofot bilan taqdirlandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × three =