O`ZDJTU VA LIAODONG UNIVERSITELARI OʻRTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

22.12.2023

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va XXR Liaodong universiteti oʻrtasida Memorandum imzolash marosimi tashkil etildi.

Imzolangan hujjatga ko’ra, tomonlar:

➡️ Malaka oshirish, stajirovka oʻtash, birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvi;

➡️ Til bilimlarini oshirish maqsadida talabalar almashinuvi, yoshlar forumlari va tanlovlarida ishtirok etish, shuningdek, ikki mamlakat xalqlari madaniyati va anʼanalari bilan tanishish maqsadida qishki va yozgi maktablarini tashkil etish;

➡️ Xitoy va boshqa xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha dolzarb mavzular boʻyicha xalqaro konferensiyalar, forumlar, seminarlarda oʻqituvchi va olimlarni ishtirok etishini tashkil etish kabi yo’nalishlarda faol hamkorlik qiladilar.