O’zDJTUDA MASHHUR HAYKALTAROSH KONSTANTIN BRANKUZI IJOD NAMUNALARI FOTOKO’RGAZMASI TASHKIL QILINDI

19.02.2020

Avval xabar qilganimizdek, Ruminiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Romeo Stanchiu, ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchi Leonardo Chernaianu hamda missiya rahbari o‘rinbosari-konsul, madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchi Aleksandru Simbeteanu va O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori G’anisher Xudoyqulovich Raximov rahbarligidagi vakillar ishtirokida madaniy tadbir tashkil qilindi.

Tadbirni O’zDJTU rektori, professor G’.Raximov hamda Ruminiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Romeo Stanchiu kirish so’zi bilan ochib berdilar.

Shundan so’ng, mehmonlar, O’zDJTU vakillari va talabalar ishtirokida Ruminiyaning dunyoga mashhur haykaltaroshi Konstantin Brankuzi tomonidan yaratilgan ijod namunalarining fotoko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

Ma’lumot o’rnida, Konstantin Brankuzi – ruminiyalik fransuz haykaltaroshi, abstrakt haykaltaroshlik uslubining asoschilaridan biri, XX asrning avangard san’atida jahonga mashhur Parij maktabining eng yorqin vakili.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × two =