Kuni kecha O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Turkiyaning Nejmettin Erbakan universiteti prorektori Zekeriye Mizrak boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan rektor U.Azizov boshchiligidagi universitet vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Nejmettin Erbakan universiteti va OʻzDJTU oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ikki tomonlama talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, tashrif davomida mehmonlar O’zDJTUning Media va kommunikatsiya fakulteti qoshidagi «Media studiya» faoliyati bilan ham tanishdilar.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.