O‘ZDJTUDA ZAMONAVIY ELEKTRON OAV FAOLIYATINING TARAQQIYOT TENDENSIYALARIGA BAG’ISHLANGAN XALQARO KONFERENSIYA BO’LIB O’TDI

22.11.2023

Bugun, 22-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Zamonaviy elektron OAV faoliyatining taraqqiyot tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiya O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetining tashabbusi bilan tashkil etildi.

Xalqaro konferensiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, filologiya fanlari doktori, professor Xurshid Do‘stmuhammad, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, filologiya fanlari nomzodi Olim Toshboyev, filologiya fanlari doktori, dotsent Beruniy Alimov va sohaning boshqa yetakchi mutaxassislari tomonidan sohaga oid turli mavzularda ma’ruzalar qilindi.

Konferensiyada nafaqat O’zbekiston, balki Germaniya, Rossiya va Tojikistondagi universitetlarining yetakchi media tadqiqotchilari, olimlar, taniqli OAV vakillari, talabalar ham o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

14 + 19 =