O’zDJTUDA YEVROPA TILLARI KUNIGA BAG’ISHLANGAN BAYRAM DASTURI BO’LIB O’TDI

20.09.2019

Oldinroq xabar berganimizdek, Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqi tomonidan an’anaviy tarzda 45 mamlakatda bo‘lib o‘tadigan Yevropa tillari kuni har yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU)da nishonlanadi.

Yevropa tillari kuni doirasida dramaturgiya, teatr moslashuvi va adabiy tarjimaga bag‘ishlangan “Zamonaviy dramaturgiya” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi va unda fransiyalik dramaturg Remy De Vos, yoshlar teatri aktyori va rejissyori Obid Abdurahmonov, Ilhom teatri aktyori va rejissyori Maksim Fadeev va boshqalar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Konferensiya o‘z ishini yakunlaganidan so‘ng, “Yevropa tillari kuni”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Gruziya, Chexiya Respublikasi, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Shveysariya hamda AQSh elchixonalarining vakillari ishtirok etishdi. Talabalar tomonidan turli xorijiy tillarda she’r, ashula va raqslar ijro etildi.

Shuningdek, O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan Evropa mamlakatlari elchixonalari tomonidan an’anaviy tarzda e’lon qilinadigan tanlovda sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritgan talabalarga esdalik sovg’alari topshirildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × 1 =