O’ZDJTUGA BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIDAN DELEGATSIYA TASHRIF BUYURDI

25.09.2023

2023-yil 25-sentabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Tuxtasinov Birlashgan Arab Amirliklarining O’zbekistondagi elchixonasi iqtisodiy, siyosiy masalalar va ommaviy axborot vositalari bo’limi boshlig’i Mohamed Alzaheriy, hamda Birlashgan Arab Amirliklari universiteti professori Hamad bin Siroyni qabul qildi.

Muloqot chog’ida tomonlar mazkur davlat oliy ta’lim muassasalari bilan o’qituvchi, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, hamkorlikda BAAning jamg’arma va donor tashkilotlari moliyaviy ko’magida xalqaro loyihalarni amalga oshirish, talabalar uchun o’zbek tili va madaniyatiga oid qishki va yozgi maktablarni tashkil qilish va boshqa tomonlarni qiziqtirgan yo’nalishlarda o’zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Ushrashuvdan so’ng professor Hamad bin Siroy O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti arab tili o’qituvchilari va talabalari uchun “Amirlikning ijodkorlik meroslari” mavzusida taqdimot o’tkazdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × three =