OʻZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETIDA ILK BOR KOREYS TILIDAN TOPIK IMTIHONI BOʻLIB OʻTDI

15.04.2024

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov tashabbusi va Sharq filologiyasi fakulteti rahbariyati hamda, koreys tili ustozlarining saʼy-harakati bilan ilk bor OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetida Koreys tilidan TOPIK imtihoni boʻlib oʻtdi.

Talabalar Koreys tilini bilish darajasini baholash hamda, koreys taʼlim maskanlariga oʻqishga kirish va ish izlashda TOPIK imtihoni natijalaridan foydalanish maqsadida imtihonda qatnashib oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.

Maʼlumot oʻrnida, ushbu test koreys tilidan foydalanmoqchi boʻlganlar uchun rasmiy sertifikat olish uchun ajoyib imkoniyat boʻlib xizmat qiladi.

Sinovdan oʻtgan nomzodlar, kelgusi oʻqishda tilning qaysi jihatlariga koʻproq eʼtibor qaratishlari kerakligini bilib oladilar.