PEDAGOGIKA VA XORIJIY TILLAR TILSHUNOSLARINING XALQARO ANJUMAN BO’LIB O’TDI

25.04.2024

Chirchiq davlat pedagogika universitetida 23-24-aprel kunlari Chirchiq davlat pedagogika universitetida «Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu Xalqaro anjuman ishida Germaniya va mamlakatimizni pedagogika va xorijiy tillar ta’limi oliy o‘quv yurtlaridan 60 ga yaqin tilshunos olimlar, 150 ga yaqin yosh o’qituvchi, bo’lajak olimlar, tadqiqotchilar va 650 dan ortiq talabalar o‘z maqola va tezislari bilan ishtirok etishdi.

Xalqaro anjumanning asosiy maqsadi — zamonaviy tilshunoslik sohalarini hozirgi kun nuqtai nazaridan o‘rganish, xorijda va respublikamizda filologiya va lingvodidaktika sohasida bajarilayotgan ishlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashish va chet tillarni o‘rgatishning roli va ahamiyati hamda undagi dolzarb muammolar va ularni yechish yo‘llaridan iborat bo‘ldi. Konferensiya ishi gibrid shaklda, oflayn va onlayn tarzda olib borildi.

Konferensiyaning ochilishida Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov, Germaniyaning Laybnits nomli nemis tili instituti direktori, professori Hennig Lobin, Oʻzbekiston nemis tili oʻqituvchilari assotsatsiyasining rahbari, professor Xurram Raximov,  Laybnits nomli nemis tili instituti leksika boʻlimi boshligʻi, professor Stefan Engelberg va boshqalar so‘zga chiqib, filologiya va lingvodidaktika sohasiga zamonaviy yondashuvlarni, soha uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun xalqaro aloqalarni rivojlantirish ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

 Yalpi majlisdan so‘ng xalqaro anjuman ishi filologiya (tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik), lingvodidaktika, leksikografiyaning an’anaviy va elektron lug‘at tuzish nazariyasi va amaliyoti, chet tillarni o‘qitish metodikasida innovatsion yondashuvlar va axborot texnologiyalarini qo‘llash masalalari, qiyosiy filologiya va qiyosiy lingvokulturologiyada innovatsion masalalar didaktikasi va metodikasi, yosh olimlar minbari shu’balarda davom ettirildi. Ayniqsa yosh tadqiqotchilarning ma’ruzalari anjuman ishtirokchilari e’tiborini tortdi.

Xalqaro anjuman doirasida tilshunos olimlarning ilmiy seminari tashkil etildi. Mazkur ilmiy seminar xorijlik tilshunos olimlar va amaliyotchi mutaxassislarning ilmiy munozaralari sifatida tashkil etilgan  amaliy tadbir sifatida ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. 

Konferensiya doirasida Chirchiq davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi. Darslarda xorijiy o‘qishga topshirish, grantlar yutish, testlarda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda. Mashg‘ulotda talabalar til ko’nikmalarini yanada takomillashtirish, nemis tilini o’rgatishda innovatsion platformalaridan foydalanish usullari haqida zamonaviy bilimlarga ega bo’lishmoqda.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti qator xorijiy ta’lim muassasalari hamda Oʻzbekiston nemis tili oʻqituvchilari assotsatsiyasi bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti tomonidan o‘tkazilgan «Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda ilmiy seminar va mahorat darslari respublika va mintaqamizda sohaga oid ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy qilish, yosh tadqiqotchilar ishiga ko‘maklashish va malakali tibbiyot kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish hamda respublikamiz tibbiyot oliygohlari va ilmiy tekshirish markazlari xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.