PRAGA FUQAROLIK MARKAZINING STIPENDIYA DASTURI

17.04.2023

Praga fuqarolik markazining stipendiya dasturi fuqarolik jamiyati yetakchilari, jurnalistlar va faollarga Pragada uch oy davomida o’z loyihasi ustida ishlash va kelgusi ishlarni rejalashtirish, qanday va qayerda davom etish haqida o’ylash imkoniyatini beradi.

Dastur sanasi – 1-oktyabrdan 31-dekabrgacha, 2023-yil.

Dastur o’tish joyi – Chexiya, Praga.

Dastur tili – rus, ingliz tillari.

Kimlar ishtirok etishi mumkin – jurnalistlar, ekspertlar, tadqiqotchilar, huquq himoyachilari, ekologiya, madaniyat, shahar faollari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tashabbuskor guruhlar a’zolari.

Dastur elementlari:

Chexiyaning ilhomlantiruvchi NNT va tahlil markazlari bilan uchrashuvlar;

loyiha ishlab chiqish va mablag’yig’ish bo’yicha mahorat darslari;

boshqa stipendiyatlar bilan tajriba almashish;

Loyihangiz ustida individual ish olib borish.

Praga fuqarolik markazi yo’l xarajatlarini, Pragada yashash uchun mayda harajatlar uchun kundalik nafaqa, alohida kvartira bilan ta’minlaydi, shuningdek, viza olishda yordam beradi. Shuningdek, Internet va printerga ega umumiy ofis ham taqdim etiladi.

Ariza topshirishning oxirgi muddati – 15-may 2023-yil.

Batafsil ma’lumot va ariza topshirish ushbu havolada: https://www.praguecivilsociety.org/events/open-call-2023-2024-fellowships?lang=en

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × five =