«RESEARCH TRANSFORMATION: GLOBAL OUTLOOK» XALQARO ILMIY FORUMI

05.12.2019

2019-yil 6-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti bazasida “Research transformation: Global Outlook” Xalqaro Ilmiy Forumi o‘tkaziladi.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan eng yirik xalqaro ilmiy nashr – Elsevier ko‘magida, yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari, shuningdek MDH mamlakatlari oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida tashkil etilmoqda.

Tadbir doirasida OTMlari rahbarlari, tadqiqotchilar, ilmiy va tijoratlashtirish bo‘limlari boshliqlari, kutubxonalar direktorlari uchun mamlakatimiz universitetlarida 3.0. konsepsiyasini joriy qilish, ularniQS (Quacquarelli Symonds) va THE (Times Higher Education) kabi jahon reytingiga kiritish masalalarida mahorat darslari o‘tkaziladi.

Alohida seksiyalarda patent olish uchun hujjatlarni tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amalga oshirish, ilmiy maqolalar yozish, shuningdek Scopus jurnallari talablari va tavsiyalari, ilmiy kutubxonalarni samarali boshqarish, antiplagiat masalalari muhokama qilinadi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport farmakologiyasini yaxshilash, sport sohasida natijadorlikni oshirish bo‘yicha topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi vakillari ishtirokida davra suhbatini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

восемнадцать + 18 =