SAMDCHTI TURKIYANING HAJETTEPE UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK O’RNATDI

26.07.2023

Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyati davomida 100 dan ortiq nufuzli xorijiy oliy ta‘lim muassasalari hamda dunyoning yetakchi ta‘lim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab bormoqda.

24-iyul kuni Turkiyaning Hajettepe universitetining Xorijiy tillar fakulteti direktori professor Rekep O’zbay hamda direktor o‘rinbosari professor Firat O’zturklar Samarqand davlat chet tillar institutida bo’lishdi.

Unda tomonlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasida uchrashuv tashkil etildi. Jumladan, 2022-yilda imzolangan o’zaro hamkorlik memorandumida kelishilgan hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo’yicha muzokara o’tkazildi.

Shuningdek, tashrif doirasida ushbu hafta oxiriga qadar ingliz va nemis tili o’qituvchilari bilan uchrashuvlar va davra suhbatlarini  tashkil etish, tajriba almashishga kelishildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × 1 =