SHANXAY VA PEKIN CHET TILLAR UNIVERSITETLARIDA XALQARO TADBIRLAR BO’LIB O’TDI

21.09.2023

12-17 sentyabr kunlari XXRning Shanxay va Pekin chet tillar universitetlarida xalqaro tadbirlar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Shanxay shahrida Xorijiy tillar universitetlari global asosiasiyasining «IV – Prezidentlar Forumi», hamda Pekin chet tillar universitetida «Til va Sivilizasiya Forumi» tashkil etildi.

Tadbirlarda O‘zDJTU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Bahrom Qulmatov “Chet tillar universitetlarining madaniy almashinuvlar va o‘zaro o‘rganish jarayonidagi roli” mavzusida chiqish qildi.

Tadbir doirasida Shanxay va Pekin chet tillar universitetlari rahbarlari bilan muloqot olib borildi va qator kelishuvlarga erishildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 + 20 =