SHAVKAT MIRZIYOYEV: «MAKTABDAN KASB VA TILNI BILIB CHIQQAN BOLA JAMIYATIMIZNING KATTA YUTUG’I»

23.01.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda xorijiy tillar va kasb o’rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo’yicha kengaytirilgan yig’ilish o’tkazdi.

Yig’ilishda xorijiy tillarni o’qitish sifatini oshirish va o’quvchilarni kasbga yo’naltirish masalalari muhokama qilindi.

Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug’i, bilmagani muammo, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, o’quvchilarni axborot texnologiyalari va «kreativ industriya» bo’yicha zamonaviy kasblarga o’rgatish muhimligi ta’kidlandi.

Chet tillarini sifatli o’rgatish uchun maktablarga «til egasi» bo’lgan pedagoglar jalb qilish, Prezident maktablarining til o’rgatish tajribasi, darslik va dasturlarini tatbiq etish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nine − four =