“SIX CLOUDS” KOMPANIYASI HAMDA OʻZDJTU OʻRTASIDA HAMKORLIK KUTILMOQDA

01.04.2024

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Singapurning “Six Clouds” kompaniyasi asoschisi va ijrochi direktori Vun Xvi Kiat Richard hamda kompaniya trenerlari Galina Choy xonim va Benson Lek janoblari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

O’zDJTU vakili А.Аbidjanov universitet faoliyati hamda chet tillari oʼqituvchilari malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, gid-tarjimonlar, bort kuzatuvchilar va sayyohlar xavfsizligi (Tourist Police) yoʼnalishlari boʼyicha kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuv davomida “Six Clouds” kompaniyasi oʼz platformasini malaka oshirish tizimini yoʼlga qoʼyishda qoʼllash, taʼlim muassasalarini rivojlantirish va boshqarish strategiyasi, talaba va oʼquvchilarning ijodiy fikrlashga oʼrgatish bloklarini malaka oshirish kurslari oʼquv rejaga kiritish taklifini berdi.