SUSI FOR YOUNG LEADERS DASTURI UCHUN ARIZALAR QABULI BOSHLANDI

28.09.2022

AQShning Toshkentdagi elchixonasi 2023-yil yozida AQSh Davlat departamentining ta’lim va Madaniyat ishlari byurosi (ECA) homiyligidagi yosh ayollar yetakchilari dasturi bo’yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

SUSI yosh ayollar yetakchilari uchun to’rt haftalik intensiv akademik dastur bo’lib, u AQSh haqida chuqurroq tushuncha berish, shu bilan birga ularning yetakchilik qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan. Institut to’rt haftalik akademik rezidentlikdan iborat bo’lib, qator seminar munozaralari, o’qishlar, guruh taqdimotlari va ma’ruzalar bilan ajralib turadi. Turli tashriflar, yetakchilikni rivojlantirish, madaniy tadbirlar akademik mashg’ulotlarni to’ldiradi. Agar shartlar imkon bersa, institutlar Qo’shma Shtatlarda bir haftalik integratsiyalashgan o’quv safarini ham o’z ichiga oladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun  SUSI for Young Leaders dasturining 2023-yilgi mavzusi — ekologik muammolar.

Dastur uchun ariza elektron pochta (Tashkent-Program@state.gov)  orqali 2022-yil 31-oktyabrga qadar topshirilishi kerak.

Dastur haqida batafsil: https://uz.usembassy.gov/education-culture/exchange-programs/susi/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × five =