PODSHOH SAUD UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK O’RNATILDI

28.11.2023

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Saudiya Arabistonning Podshoh Saud universiteti prezidenti Badron al-Umar rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Podshoh Saud universiteti delegatsiyasining TDSHUga tashrifi davomida ikki oliy ta‘lim muassasasi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida ikki davlat oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida akademik ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qilish borasida Memorandum va uni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi imzolandi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Podshoh Saud universiteti o‘rtasida mazkur Memorandum O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilk marotaba imzolangan ikki tomonlama hamkorlik borasidagi hujjat bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoning Ar-Riyod shahrida joylashgan Podshoh Saud universitetiga 1957- yilda Saud ibn Abdulaziz tomonidan asos solingan bo’lib, mazkur dargohda deyarli barcha valiahd shahzodalar, podshoh hamda vazir oilasi a’zolari tahsil olgan. Podshoh Saud universiteti yuqori Xalqaro nufuzga ega bo’lib, dunyo reytingida 203-o’rinni egallaydi.