TONGMYONG UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI YO‘LGA QO‘YILDI

24.07.2023

Janubiy Koreyaning Tongmyong universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyati davomida 100 dan ortiq nufuzli xorijiy oliy ta‘lim muassasalari hamda dunyoning yetakchi ta‘lim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab bormoqda.

Janubiy Koreya oliygohlari hamda ta‘lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir. Shuningdek, Janubiy Koreyaning Tongmyong universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari Samarqand davlat chet tillar institutida bo‘lishdi.

Jarayon davomida tomonlar o‘rtasida o‘zaro madaniyat almashinuv dasturi bo‘lib, hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, har ikkala tomon talabalari tomonidan tayyorlangan milliy sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarga havola etildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × three =