TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI KOREYASHUNOSLIK FAKULTETINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
08.04.2019Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yong Vu, Koreya fondi raisi Li Si Xyung, Koreya ta’lim markazi direktori O Gi Yol, Koreyaning xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) direktori Son Song Il, Sejong koreys instituti direktori Xo Son Xong va boshqalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Koreya fondi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, TDShIga Janubiy Koreyadan o‘qituvchilar dars berish uchun keladi.
Ma’lumot o‘rnida, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Koreyashunoslik fakulteti 2018 yil 2 iyulda ochilgan va fakultetda «Koreys filologiyasi», «Koreya iqtisodiyoti va siyosati» hamda «Koreya tarixi va madaniyati» kafedralari faoliyat olib bormoqda.
Hozirda fakultetda 7 nafar koreyalik professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultet Janubiy Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
1 Comment so far
Jump into a conversationSalom test kars tilida bulsa juda