TOSHKENT FRANSUZ ALYANSI KUTUBXONASI YANGI KITOBLAR BILAN BOYIDI

08.04.2024

Toshkent Fransuz Alyansi kutubxonasiga yangi 225 ta kitob sovg’a qilindi.

Dunyo mamlakatlarini kashf qilish imkonini beruvchi ushbu kitoblar Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va “Petit futé” nashriyoti tomonidan sovg’a tariqasida taqdim qilindi.

Toshkent Fransuz Alyansi barcha o’quvchilar va fransuz tilini sevuvchi kutubxonlarni taklif qilib qoladi.