TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI TURKIY UNIVERSITETLAR ITTIFOQINING NAVBATDAN TASHQARI YIG‘ILISHI O’Z ISHINI BOSHLADI

07.06.2023

Samarqand shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda Turkiy Davlatlar Tashkiloti Turkiy Universitetlar Ittifoqining navbatdan tashqari yig‘ilishi o’z ishini boshladi.

Mazkur хalqaro tadbirda vazirlik mas’ullari, mamlakatimiz oliy o’quv yurtlari rektorlari, xalqaro tashkilotlar, tashkilotga a’zo davlatlarning 50 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari vakillari, ekspertlar ishtirok etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, a’zo davlatlar o’rtasida hamkorlikni yanada yaхshilash, ta’limni rivojlantirish, tashkilot doirasida erishilgan yutuqlar haqida so’z bordi.

Maxsus yig’ilish kun tartibidan Turkiy tilli universitetlar ittifoqining amaldagi raisligidagi tartiblar muhokamasi, tashkilotning 2023/2024-yillarga mo‘ljallangan faoliyati bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” yuzasidan qilingan ishlar tahlili, Turkiy tilli universitetlar ittifoqi va oliy ta’lim hududini tashkil etish to‘g‘risidagi Direktivaga o‘zgartirishlar kiritish kabi masalalar o’rin olgan.

Yig’ilishda turli mavzularda taqdimotlar o’tkazilib, “Orxun” almashinuv dasturining hozirgi imkoniyatlari va muammolari, dastur bo‘yicha so‘rovnoma” loyihasi muhokama qilinadi.

Yig’ilish doirasida shuningdek, Afrosiyob muzeyida seminar tashkil etiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eleven − nine =