TURKIYANING KAVKAZ UNIVERSITETLARI UYUSHMASI VAKILLARI O’ZDJTUGA TASHRIF BUYURISHDI

16.06.2022

Bugun, 16 iyun kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Turkiyaning Kavkaz universitetlari uyushmasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvni universitet rektori U. Azizov qutlov so’zi bilan ochib berdi. Rektor oʻz nutqida bugungi kunda universitetda 300 dan ortiq talabalar turk tilini ikkinchi til sifatida oʻrganayotganligi va yaqin kelajakda bu til birinchi til sifatida oʻrganilishi rejalashtirilayotganligini aytib oʻtdi.

Do’stona o’tgan uchrashuv davomida tomonlar turk tili yoʻnalishi boʻyicha talabalar, oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar almashinuv dasturlarini amalga oshirish; OʻzDJTU oʻqituvchilarining Turkiya OTMda malaka oshirish va stajirovka oʻtashlarini tashkil qilish; Mos taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha Qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Turkiya tarafdan uchrashuvda Prof. Dr. Ramazon Korkmaz – Kavkaz universitetlari uyushmasi rahbari boshchiligida – Prof. Dr. Murat Taş – Texas ilm va tibbiyot universiteti (AQSh) prorektori, Prof. Dr. Hasan Uslu – Niyde Oʻmer Xalisdemir universiteti rektori, Prof. Dr. Bedrıye Tunçsıper – Izmir demokratik universiteti rektori, Prof. Dr. Suleyman Özdemır – Bandrma 17 Eyyul universiteti rektori, Prof. Mehmet Bahçekaplı – Yalova universiteti rektori, Prof. Dr. M. Fatıh Andı – Fatix Sulton Mehmed universiteti rektori, Prof. Dr. Vatan Karakaya – Kirshexir Axi Evran universiteti rektori, Prof. Dr. Ahmet Gökbel – Kirshexir Axi Evran universiteti prorektori, hamda Prof. Dr. Ismet Esenyel – Girne Amerika universiteti prorektorlari ishtirok etdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen − twelve =