UDMURTIYA DAVLAT UNIVERSITETI NAMDCHTI BILAN HAMKORLIK ALOQALARINI TAKOMILLASHTIRISH TAKLIFINI BILDIRDI

26.04.2024

Rus tili taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarning salohiyatini yanada oshirish hamda amaliyotlar almashinuvini davomli yoʻlga qoʻyish taklifi bilan Udmurtiya Davlat universiteti qoshidagi Xorijiy taʼlim markazi direktori Y.S.Goronova va markaz mutaxassisi M.D.Borisova Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor P.Lutfullayevga “Faxriy professor” ilmiy unvon diplomini topshirdilar. Taʼlim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, ilmiy-pedagogik salohiyat, professor-oʻqituvchilar hamda talabalarning xorijiy stajirovka va malaka oshirishlarini tashkil etish yuzasidan kelishib oldilar.

Shuningdek, UdDU vakillari  auditoriyalarda mahorat darslari hamda til oʻrganish boʻyicha seminar-treninglar olib bordilar. Talabalarda oʻz sohasi doirasida bilim olish hamda xorijiy amaliyot almashish jarayonlarida ishtirok etish istagi juda ham ortdi.