VEBSTER UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

18.04.2024

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Vebster universiteti rektori Dr. Antony Jarvis boshchiligidagi vakillar tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki oliy o’quv yurti rektorlari orasida muzokara olib borilib, o’zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shu kuni, talabalar bilan uchrashuv tashkil qilinib, ularga Vebster universitetining qabul bo‘limi mutaxassislari tomonidan magistratura yo‘nalishlari haqida to‘liq ma’lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.