WILYAM SHEKSPIR, LORD BAYRON, JEK LONDON, DANIYEL DEFO – BARCHASINI BILAMIZ!

19.04.2023

Wilyam Shekspir, Lord Bayron, Jek London, Daniyel Defo – barchasini bilamiz | Ingliz tili va adabiyotiga bag’ishlangan tadbir uyushtirildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni adabiyotga, kitob o‘qishgа qiziqishini oshirish va iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida Termiz davlat universitetining Xorijiy filologiya fakultetida Ingliz tili va adabiyotiga bag’ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xorijiy filologiya fakultetining iste’dodli talabalari ishtirok etgan tadbirda inglizcha she’r va qo’shiqlar aytilib, jahon adiblari: Wilyam Shekspir, Lord Bayron, Jek London, Daniyel Defolarni hayot va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda ingliz adiblari ijodidan keltirilgan sahna ko‘rinishlari barcha yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen − 13 =