XALQARO KITOB KUNIGA BAGʻISHLANGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI

26.04.2024

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekistondagi elchixonasi ishtirokida “Xalqaro kitob kuni”ga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Shundan soʻng, BAAning Oʻzbekistondagi elchixonasining iqtisodiy, siyosiy va ommaviy axborot vositalari boʻlimi boshligʻi Mohamed Alzaheriy soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi xalqaro hamkorlik haqida maʼlumot berdi.

2-kurs talabasi Rashidova Aminaning Xalqaro kitob kuniga bagʻishlangan “Kitob oʻqish foydasi” haqida, taqdimoti, BAA Vise-Prezidenti Bosh Vazir Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad Bin Rashid Ol Maktum janobi oliylari qalamiga mansub “Qissati” (“Mening hikoyam”) nomli asari haqida talabalarning arab tilidagi chiqishlari, 2-kurs talabasi Choriqulova Shahrinoza ijrosida oʻzbekcha raqs va boshqa taqdimot va chiqishlar ham dasturdan oʻrin oldi.