XITOY XALQ RESPUBLIKASINING NANJING POLITEXNIKA INSTITUTI VAKILLARI O’ZBEKISTONDA

23.09.2023

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetiga Xitoy Xalq Respublikasining Nanjing politexnika institutidan bir guruh professor-o‘qituvchilar tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Nanjing politexnika instituti o‘rtasida ochilgan “Chjen Xe” Til va Madaniyat markazi faoliyatini rivojlantirish va ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish masalalari muhokama qilindi. 

Nanjing institutidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar Sharq filologiyasi fakultetining Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi ustozlari bilan birgalikda dars jarayonlarini kuzatishdi.

Bundan tashqari Professor Tao Liping Xitoy adabiyoti va madaniyatini aks ettiruvchi dars-taqdimoti bilan ishtirok etdi. Shuningdek, dars jarayonida professor Vang Sia talabalar bilan viktorina o‘tkazdi.  Unda talabalar faol ishtirok etib, esdalik sovg‘alarni qo‘lga kiritdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × one =