XITOYDA BUTUNJAHON KASB-HUNAR VA TEXNIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH KONFERENSIYASI O’TKAZILDI

25.11.2024

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining delegatsiyasi 19–23-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilgan “Butunjahon kasb-hunar va texnik ta’limni rivojlantirish konferensiyasi”da ishtirok etdi.

Xalqaro anjumanda 40 dan ortiq davlatlarning kasbiy ta’lim sohasida siyosat yurituvchi ta’lim vazirliklari vazirlari va vazir o‘rinbosarlari, shuningdek Xitoy kollejlari rahbarlari, kompaniyalar  ishtirok etgan mazkur konferensiyasi va uning doirasidagi yalpi yig‘ilishlarda O‘zbekiston vakillari ma’ruza va takliflar bilan qatnashdi.

Konferensiya yakunida jahon kasbiy ta’limni rivojlantirishga bag‘ishlangan Tyanjin konsensusi qabul qilinib, unda kasbiy ta’limda yashil ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash, ta’limga malakali pedagoglarni jalb yetish va kasbiy ta’lim olishda xotin-qizlar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yetarli sharoit yaratish bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi ilgari surgan takliflar ham o‘rin oldi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Konferensiya doirasida oliy va kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Xitoy tomoni bilan bir qator uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five + 12 =