XORIJLIKLAR UCHUN OʻZBEK TILI BOʻYICHA DARSLIKLAR YARATILDI

13.06.2023

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi «O’zbek maktabi» faoliyati rivojlanishda davom etmoqda. «O’zbek maktabi»  tomonidan  bundan bir necha oy oldin «Xorijliklar uchun o’zbek tili» (A1 daraja uchun) darsligi yaratilgan edi.

Bu kitob keng jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi va mutaxassislar tomonidan ijobiy baholandi.

Kuni kecha «O’zbek maktabi» tomonidan tayyorlangan «Xorijliklar uchun O’zbek tili» (A2 daraja uchun) darsligi ham nashrdan chiqdi. Kitob o’zbek tilidan boshlang‘ich bilimga ega qiziquvchilarga mo’ljallangan. Ushbu darslik A1 daraja uchun mo‘ljallangan darslikning uzviy davomi sifatida to’rtta til ko’nikmasi (gapirish, yozish, o’qish, tinglash) asosida A2 darajasidagi bilimlarni berishni ko’zda tutadi. 

12 mavzudan iborat kitobda sodda grammatik mavzular o‘ziga xos milliy-madaniy matnlarga asoslangan holda mantiqan uzviy,  metodik jihatdan natijakor topshiriqlar bilan mustahkamlanadi.
Darslikning yuqori sifati,  amaliy ahamiyatini yanada oshirish uchun audio va video materiallar havola qilingan.  

Bundan tashqari til o’rganuvchi bir paytning o’zida o‘zbek madaniyatiga oid so‘zlar,  so‘zlashuvda faol iboralar bilan ham tanishtirib boriladi. 

Ushbu darslik shu yo’nalishda yaratilgan mavjud o’zbek tili qo’llanmalaridan inglizcha ko’rsatma va izohlarning berilishi, har bir darsda ishlatilgan so’zlarning ingliz, fransuz, koreys, turk, rus tillaridagi tarjimasi ko’rsatilgani bilan ajralib turadi. 

Har bir mavzu yakunida berilgan xilma-xil topshiriqlar, QR kodlarda keltirilgan video lavhalar, immitatsion audiolar o‘rganuvchini tanqidiy fikrlashga, nutq vaziyatiga moslashishga, lug‘at materiallar esa so‘z zahirasini yanada boyitishga xizmat qiladi.

Darslik yordamida til o’rganuvchilar tanish vaziyatlarda kerakli til vositalarini tanlash, oddiy vaziyatlarda og‘zaki va yozma nutqda fikrlarni uzviy ifoda eta olish singari pragmatik kompetensiyalarni egallashlari   maqsad qilingan. 

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × five =