YAPON TILI VA LINGVISTIKASI ILMIY TADQIQOTLAR INSTITUTI PROFESSORI O’ZBEKISTONDA

03.04.2023

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Yaponshunoslik fakultetida  mart oyida bir oy mobaynida Yaponiya madaniyati bilan tanishish, Yaponiyaning  tilshunoslik sohasidagi erishayotgan yutuqlari bilan tog‘ridan-to‘g‘ri tanishish imkoni bo‘ldi.

BMTning BRM doirasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar asosida turli tadbirlar, ilmiy anjuman va ma’ruzalar tashkil etildi. Jumladan,  sifatli ta’limni tashkil etish, barqaror rivojlanish yo‘lidagi hamkorlikni  yanada rivojlantirish maqsadida TDSHUga Yaponiya davlat yapon tili va lingvistikasi ilmiy tadqiqotlar instituti professori  maxsus ma’ruzalar o‘tkazish uchun taklif etildi.

2-martdan 31- martga qadar universitetitda dunyo yaponshunoslari orasida alohida hurmatga sazovor, yapon tilini qiyosiy va chog‘ishtirma  tilshunoslik sohasida keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan,  Yaponiya davlat yapon tili va lingvistikasi ilmiy tadqiqotlar instituti professori, tilshunos Prashant Pardesh ilmiy ma’ruzalar olib bordi.

Professor Prashant Pardeshining ilmiy ma’ruzalarida Yapon tilining qiyosiy tipologik xususiyatlari, chog ‘ishtirma tahlil usullari orqali yapon tilining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlar bilan birgalikda, til nima, tilshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ahamiyati nimalardan iborat ekanligi haqidagi keng qamrovli mulohazalar berib borildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

12 + three =