YAPONIYADA O’ZBEK TILI BO’YICHA DARSLIK YARATILDI

06.01.2024

Yaponiyada Tokio chet tillar universiteti xodimi Xidaka Shinsuke o’zbek tili bo’yicha darslik ishlab chiqdi.

Ushbu qo‘llanma o‘zbek tilini o’rganishni boshlovchilarga grammatika asoslarini o‘zlashtirishi uchun 20 ta boshlang‘ich darajadagi darslarni o‘z ichiga olgan.

Darslik muallifi Tokio chet tillar universiteti xodimi Xidaka Sinsuke fikricha, o‘quvchilar darslikdagi barcha darslarni tugatgandan so‘ng, ular O‘zbekistonga tarjimonsiz sayohat qilishlari va biznes tashriflarini amalga oshirishlari mumkin. Og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun esa Xidaka Sinsuke audio darslarni tayyorladi.

Ushbu darslik yaqin kunlarda, ya’ni 2024 yil 29-yanvarda sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Xidaka Sinsuke 2007-yildan beri o‘zbek tilini o‘rganmoqda. 2014-2016-yillarda O‘zbekiston fanlar Akademiyasida ilmiy tadqiqotlar olib bordi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va «O‘zbekiston-Yaponiya» markazida yapon tilidan dars bergan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 4 =