YAPONIYANING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELCHISI O’zDJTUGA TASHRIF BUYURDI

12.02.2020

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yaponiya bilan samarali hamkorlik qilayotgan oliy ta’lim muassasalaridan hisoblanadi. O’zDJTU fan, ta’lim, madaniyat kabi sohalarda Yaponiyaning bir qancha nufuzli universitetlari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ymoqda.

Ana shu aloqalarning uzviy davomi sifatida bugun, 12-fevral kuni O’zDJTUga Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Yoshinori Fujiyama hamda Yaponiya elchixonasi maslahatchisi janob Sudoku tashrif buyurdi. Mehmonlar universitet rektori G’anisher Raximov bilan uchrashdi. Uchrashuvda rektor G’.Raximov yaponiyalik vakillarga yapon tili bo‘yicha volontyorlarni yuborganligi uchun minnatdorchilik bildirdi va kelgusida ular sonini oshirishga kelishib olindi.

Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar universitetning Yaponiya oliy ta’lim muassasalari bilan kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Jumladan, O‘zDJTUda raqamlashtirish va universitetni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (platformalar)ni yaratish uchun Yaponiyadan mutaxassislarni taklif qilish; O‘zDJTUda “Media markazi”ni tashkil qilish maqsadida texnik vositalar olish uchun grant ajratish; yapon tili va yaponshunoslik bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallar va adabiyotlar ajratish yuzasidan muhokamalar olib bordilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × один =