YOSH LIDERLAR UCHUN BARCHA XARAJATLARI QOPLANADIGAN GRANT DASTURI

02.12.2019

Young Leaders Access dasturi o’z jamiyatida ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirishni istagan dunyoning turli burchaklaridagi yoshlarni birlashtirishga mo’ljallangan.

Arizalarni topshirishning so’nggi muddati: 5-yanvar 2020-yil.

Dasturning birinchi bosqichi iyul oyida AQShda bo’lib o’tadi. Ushbu bosqich uch komponentdan iborat: zamonaviy yetakchilik, global fuqarolik va mintaqaviy o’zgarishlar. AQShda bo’lish vaqtida yosh liderlar o’z mamlakatida muayyan muammolarni hal qilishga qaratilgan noyob harakat rejasini yaratadilar. Kelgusi yil mobaynida yosh liderlar dastur bitiruvchilarini masofadan qo’llab-quvvatlash bilan rejalarni amalga oshiradilar. Yosh lider loyihani amalga oshirgandan so’ng, u 5 000 $ grant olish imkonini beruvchi ariza topshirish  imkoniyatiga ega bo’ladi.

Tashkilotchilar dasturning barcha xarajatlarini to’laydi: aviachipta, turar joy, oziq-ovqat (AQShdagi 10 kun uchun).

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

  • yosh lider 18 – 26 yoshda bo’lishi;
  • ingliz tilini mukammal bilishi;
  • murabbiylar bilan muloqot qilish uchun internetga kirish, elektron pochta va boshqa onlayn platformalarga ega bo’lishi;
  • o’z mamlakatini rivojlantirishga qiziqishi;
  • o’z mamlakatidagi hal etilishi kerak bo’lgan muammoni aniqlashi;
  • lider AQShda 1 hafta davomida bo’lishi va kelgusi yilni o’z mamlakatida o’zgarishlarni amalga oshirishga bag’ishlashi va doimiy ravishda murabbiy bilan aloqada bo’lishi;
  • viza olish uchun zarur bo’lgan talablarga javob berishi kerak.

Dasturlarda ishtirok etish uchun ariza onlayn tarzda taqdim etiladi.

Dastur haqida batafsil ma’lumot olish uchun: https://mcwglobal.org/2020-young-leaders-access-program/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × 1 =