YUTUQ! | O’ZDJTU – TIMES HIGHER EDUCATION REYTINGIDAN MUNOSIB JOY OLDI
03.06.2023Times Higher Education (Impact Rankings) – dunyo universitetlarining BMT – “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga (SDGs) muvofiqligini baholovchi global reytingda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yuqori ko‘rsatkichlar bilan 1000+ natijani qayd etdi.
Barqaror rivojlanish maqsadlari, 5-maqsad bo‘yicha 300+ o‘rinni egalladi, 6-maqsad bo‘yicha 400+ ko‘rsatkichga erishdi.
THE Impact Rankings reytingida O‘zbekiston Respublikasining 47 ta oliy ta’lim muassasasi qayd etildi. O‘zDJTU mamlakatdagi 25 ta eng kuchli OTM ichida turibdi.
O‘zDJTUning QS va THE xalqaro reytingiga kirishini ta’minlash uchun, dastlab QS platformasida O‘zDJTU profili ochildi. QS xalqaro reyting tizimining ESG (Environmental, Social, Governmental) Metrics hamda Graduate Employability talablarida ko‘rsatilgan 31 ta mezondan iborat ma’lumotlar tayyorlandi va yuklandi.
QS xalqaro reyting tizimining Subject Ranking talablariga javob berish maqsadida Scopus bazasiga obuna bo‘lindi. QS talablari orasida universitetlarda ilmiy-tadqiqot institutlari mavjudligi ham inobatga olinadi. Shunga ko‘ra, 8 yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot instituti ochildi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti THE Impact Rankings dunyo reytingiga ham ishtirok etib kelmoqda. Mazkur reyting yo‘nalishi BMTning 17 ta barqaror rivojlanish maqsadiga muvofiq, universitet hududida olib borilgan ijtimoiy chora-tadbirlar, madaniy-ma’rifiy ishlar, BRMning o‘quv faoliyatidagi o‘rni va albatta, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan o‘lchanadi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.