«IPAK YOʻLI UNIVERSITETLARI TARMOGʻI» UYUSHMASI BOSH KOTIBI OʻZDJTUGA TASHRIF BUYURDI

27.11.2023

Joriy yil 27-noyabr kuni «Ipak yoʻli universitetlari tarmogʻi» (IYUT-SUN) uyushmasi bosh kotibi va Samarqand xalqaro texnologiya universiteti dekani Dr. Sungdon Hwang hamda ushbu universitet professor-oʻqituvchilari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov mehmonlar bilan uchrashuv oʻtkazib, kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. 

Koreys tomoni SUN doirasida 2024-yilda Italiyaning Venetsiya shahrida oʻtkaziladigan Marko Poloning 700 yilligiga bagʻishlangan tadbirda  foto, insho va nutq tanlovlarda talabalarimizning ishtiroki, OʻzDJTUda «Ipak yoʻlining yangi xaritasini yaratish» mavzusidagi anjumanni tashkil qilish takliflarini berdi.

 Tomonlar Koreya bilan boshqa sohalarda ham hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha oʻzaro fikr almashdilar.