O`ZDJTU VA LIAODONG UNIVERSITELARI OʻRTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI
22.12.2023Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va XXR Liaodong universiteti oʻrtasida Memorandum imzolash marosimi tashkil etildi.
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/12/photo_2023-12-22_17-42-59-1024x604.jpg)
Imzolangan hujjatga ko’ra, tomonlar:
➡️ Malaka oshirish, stajirovka oʻtash, birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvi;
➡️ Til bilimlarini oshirish maqsadida talabalar almashinuvi, yoshlar forumlari va tanlovlarida ishtirok etish, shuningdek, ikki mamlakat xalqlari madaniyati va anʼanalari bilan tanishish maqsadida qishki va yozgi maktablarini tashkil etish;
➡️ Xitoy va boshqa xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha dolzarb mavzular boʻyicha xalqaro konferensiyalar, forumlar, seminarlarda oʻqituvchi va olimlarni ishtirok etishini tashkil etish kabi yo’nalishlarda faol hamkorlik qiladilar.
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/12/photo_2023-12-22_17-43-04-1024x682.jpg)
![](https://fledu.uz/wp-content/uploads/2023/12/photo_2023-12-22_17-43-01-1024x682.jpg)