STEM SOHASIDAGI AYOL-QIZLAR UCHUN BRITANIYA KENGASHI STIPENDIYALARI

03.04.2023

Siz STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) sohasida ilmiy darajaga ega yoki PhD talabasi boʻlgan oʻqishga ishtiyoqi baland ayolmisiz? Unda siz Birlashgan Qirollikning yetakchi universitetlaridan birida fan, texnologiya, muhandislik yoki matematika boʻyicha magistratura bosqichida oʻqish uchun stipendiyaga ega boʻlishingiz mumkin.

Britaniya Kengashi 21 ta Birlashgan Qirollik universiteti bilan hamkorlikda Amerika, Janubiy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Gʻarbiy Bolqon, Markaziy Osiyo davlatlari, Braziliya, Misr, Meksika va Turkiyadan boʻlgan ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ketma-ket uchinchi marta “Ayollar STEM sohasida” nomli stipendiya dasturini eʼlon qilmoqda.

Bu dastur STEM sohasida tajribaga ega, moliyaviy yordamga muhtoj va keyingi avlod ayol-qizlarini STEM sohasida karyera tuzishga ruhlantiruvchi ayol-qizlar uchun moʻljallangan.

Oʻzbekistonlik nomzodlar uchun maʼlumotlar ushbu sahifada. Boshqa davlatlar, jumladan, akademik tadqiqot stipendiyalariga ariza topshirish haqida maʼlumot olish uchun “Ayollar STEM sohasida” stipendiya dasturining  global sahifasiga tashrif buyuring.

Asosiy afzalliklari

  • Akademik nufuz: Birlashgan Qirollik universitetlari STEM fanlari boʻyicha dunyoda yetakchilar qatoridan joy olgan
  • Iqtisodiy yordam taʼlim haqi, stipendiya, safar xarajatlari, viza va tibbiy sugʻurta badallarini qoplashni oʻz ichiga oladi
  • Onalar uchun maxsus yordam
  • Ingliz tili yuzasidan yordam.

https://www.britishcouncil.uz/study-uk/scholarship-women-stem

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 + three =